Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017. — 300 b.
Mazkur darslik hozirgi zamon xitoy tilini o‘rganishga doir ko‘plab ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘lib, 2004-yil XXRning Pekin shahrida nashr qilingan «Xitoy tili (Новый объект)» kitobi asosida tarjima qilingan va to‘ldirilgan. Darslikda xitoy tili grammatikasining barcha yo‘nalishlari qamrab olingan. Darslik 51201100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari, xitoy tilini o‘rganishni davom ettirayotgan xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan o‘rta maktab va akademik litsey bitiruvchi talabalari uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, darslik xitoy tilini o‘rganishni davom ettiruvchilar, doktorantlar, o‘qituvchilar va barcha xitoyshunoslar uchun ham foydali manba bo‘lishi mumkin.